Hodisalar

Qarshida karantin qoidalarini buzgan bir necha kishi javobgarlikka tortildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishKarantin
Karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Fuqarolardan biri oʻzboshimchalik bilan Qarshi shahridagi karantin hududini tark etgan. Yana ikkitasi karantin davriga qaramay kafeyu choyxonasini ishlatib kelgan.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Namagan viloyati Qarshi shahrida karantin qoidalarini buzgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Chust tumanining Mashʼal koʻchasida yashovchi fuqaro M.A. 21 mart kuni oʻzboshimchalik bilan Qarshi shahridagi karantin hududini tark etgan.

Karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirusning Oʻzbekistonga yurishi: oddiy odamlar hayotida qanday oʻzgarishlar roʻy berdi?

Bundan tashqari, Qarshi shahar, “Oqtepa” MFYda yashovchi fuqaro CH.A. karantin davrida 21 mart kuni “KOLORADO” nomli kafesi, “Gungon” MFYda yashovchi fuqaro X.A. “Saxovat” nomli choyxonasini yuritib kelgan. Ular ushbu xatti-harakatlari bilan karantin qoidalarini buzgan.

Mazkur qoidabuzarlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan maʼmuriy tartibda jazolangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirish rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi. Jinoyat kodeksiga yangi modda kiritilib, ushbu qoidabuzarlik uchun qattiq jazo qoʻllaniladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala