Jamiyat

Haydovchi niqob taqmay harakatlanishi mumkinmi?

© MCHS UzbekistanaSanitarnaya obrabotka na ulitsax Tashkenta
Sanitarnaya obrabotka na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov transport vositasi boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov navbatdagi brifing chogʻida transport vositasi boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Pokupatel v maske v apteke v Tegerane  - Sputnik Oʻzbekiston
SSV tibbiy niqoblarni toʻgʻri taqish foydasi haqida eslatdi

“Siz oʻz avtomobilingizni boshqarayotganda tibbiy niqobsiz boʻlishingiz mumkin, agar mashinada boshqa yoʻlovchi boʻlmasa. Agar taksida yoʻlovchi boʻlsa haydovchi tibbiy niqobda boʻlishi shart. Agar mashinadagi yoʻlovchi qarindoshingiz yoki yaqin odamingiz boʻlsa, aql bilan ish tutish kerak”, - dedi u.

Shuningdek, Gʻiyosov jamoat joylarida hamisha tibbiy niqob taqish shartligini qoʻshimcha qildi.

Mutaxassis ishlatilgan niqoblarni nima qilish kerakligini tushuntirdi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda bugun, 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz boʻlgan shaxslarni jarimaga tortish boshlandi. Ushbu qoidabuzarlik uchun BHMning bir barobari (223 ming soʻm), mazkur holat yana qaytariladiganida BHMning uch barobari miqdorida (669 ming soʻm) jarima solish belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader