O‘zbekiston fuqarolarini Moskvadan olib chiqish murakkablashgan – Rosaviatsiya

© Press-slujba MinzdravaV Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan
V Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya shaharlaridan olib chiqib ketish TIV va Sog‘liqni saqlash vazirliklari ro‘yxatlariga asosan tashkil qilinmoqda.

TOShKENT, 25 mar - Sputnik. O‘zbekiston va yana boshqa Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini Moskvadan olib chiqib ketish murakkablashtirilgan, deb xabar qildi Rosaviatsiya.

“O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarini Moskvadan olib chiqish, ushbu davlatlar hukumatlari tomonidan o‘rnatilgan tartib tufayli, afsuski murakkablashgan. Ushbu masalani hal qilish bo‘ycha choralar qabul qilinmoqda”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus epidemiyasi tufayli O‘zbekiston barcha xalqaro transport harakatini to‘xtatgan edi. Ayni damda fuqarolarni Rossiya shaharlaridan olib chiqish TIV, SSV  va O‘zbekiston Havo yo‘llari tomonidan shakllantirilayotgan ro‘yxatlarga asosan amalga oshirilmoqda. Bu haqida RIA Novostiga operativ shtabi xabar qilgan.

O‘zbekiston hukumati komissiyasi qaroriga muvofiq 24, 25, 26, 27-mart va 2-aprel kunlari Moskvadan hamda 30-mart kuni Sankt-Peterburgdan charter parvozlari amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0