O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 5 nafarga oshdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishObsledovanie na koronavirus
Obsledovanie na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 5 nafarga oshib, ularning umumiy soni 55 nafarni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonda yana besh kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 5 nafarga oshib, ularning umumiy soni 55 nafarni tashkil etmoqda", - deyilgan xabarda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar 49 nafar fuqaroning yoshi va jinsiga oydinlik kiritilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0