Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlari maxsus toʻlovlar bilan ragʻbatlantiriladi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishMeditsinskaya sestra podgotavlivayet lekarstvennыe preparatы
Meditsinskaya sestra podgotavlivayet lekarstvennыe preparatы - Sputnik Oʻzbekiston
Maxsus toʻlovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida toʻlab beriladi.

TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

Sotrudnik za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
16 aprelgacha karantin tugamasa, xodimning ishi taqdiri nima kechadi?

Qarorga muvofiq:

✅ koronavirus infektsiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan;

✅ zararlangan bemorlar joylashtirilgan obʼyektlarda hamda koronavirus infektsiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovi belgilandi:

👉 vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million soʻm;

👉oʻrta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga – 15 million soʻm;

Tashkent bez lyudey i avto: kak vыglyadit uzbekskaya stolitsa v karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Karantin Toshkentni qanday oʻzgartirdi - foto

👉kichik tibbiyot xodimlariga – 10 million soʻm;

👉boshqa xodimlarga – 5 million soʻm.

❗️Maxsus toʻlovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida toʻlab beriladi.

❇️Shuningdek, koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infektsiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million soʻm;

❇️ koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infektsiyasini yuqtirish natijasida ogʻir ahvolga tushgan va sogʻligʻi tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila aʼzolariga esa 250 million soʻm miqdorida bir martalik toʻlovlar toʻlanadi.

❗️Ushbu toʻlovlar qonun hujjatlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan toʻlanadigan toʻlovlarni saqlab qolgan holda qoʻshimcha ravishda amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala