Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan bemorlanganlar soni 840 nafarni tashkil qilmoqda, 38 kishi sog‘aygan, ikki nafari vafot etgan.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiya koronavirus infeksiyasi epidemiyasini uch oydan kam vaqtda yenga oladi, deb bayonot qildi Vladimir Putin.

Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Musulmonlar Moskva hukumati koronavirus tufayli qo‘llayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlashdi

"Hamkasblar biz koronavirusni ikki-uch oy ichida yenga olamiz, deb hisoblamoqda. Bu yomon prognoz emas. Negaki, ayrim davlatlar unga qarshi kurash uzoq davom etishini aytmoqda. Lekin biz bu holatdan chiqqanimizda, biz esa aniq chiqamiz, umid qilamanki, bu siz aytgan muddat (ikki-uch oy)dan ham oldinroq sodir bo‘ladi", - dedi davlat rahbari biznes vakillari bilan uchrashuvda.

Putin so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 keng tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshi tomonga o‘zgaradi - bu yerda gap hamkorlikdagi ishning muddati va samarasida. Koronavirus tufayli ko‘rilayotgan choralar qanchalik samarali va qattiq bo‘lsa, karantin shu qadar tez tugaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan bemorlanganlar soni 840 nafarni tashkil qilmoqda, 38 kishi sog‘aygan, ikki nafari vafot etgan. 139 ming kishi shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. Butun dunyoda COVID-19 pandemiyasi 170 davlatda kuzatilmoqda, 480 mingdan ortiq inson virusni yuqtirgan, 21 mingdan ziyodi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0