Rossiyaga yetib borish: AQSh armiyasiga nima uchun yangi o‘ta uzoq masofali gaubitsa kerak

© Sputnik / Oksana Djadan / Mediabankka o‘tishVoyennie ucheniya NATO Operation Summer Shield na poligone Adaji v Latvii
Voyennie ucheniya NATO Operation Summer Shield na poligone Adaji v Latvii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashingtondan Annapolisgacha bo‘lgan masofada o‘q otish - bu yangi Amerika zambaragining nishonga urish masofasi rekord darajasida.

TOShKENT, 26 mar - Sputnik, Andrey Kos. Vashingtondan Annapolisgacha bo‘lgan masofaga o‘q otish - bu Amerika yangi zambaragining nishonga urish masofasining rekord darajasida. Sinovlarda istiqbolli o‘ziyurar gaubitsasi ERCA (Extended Range Cannon Artillery - uzoq masofaga mo‘ljallangan stvolli artilleriya) 65 kilometr masofadagi nishonga urdi. Quruqlikdagi kuchlari qurolni 2023-yilda olishadi. Bu qanday qurol va AQSh armiyasiga nima uchun kerak - RIA Novosti materialida.

Beliy dom. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Afg‘onistonga moliyaviy yordamni 1 mlrd dollarga qisqartirmoqda

Ikki snarad

Istiqbolli tizim mart oyi boshida Arizonadagi Yuma poligonida sinovdan o‘tkazildi. Defensenews.com portali xabar berishicha, zarba 155 mmli XM907 58 kalibrli quroldan ikki xil snarad - boshqariluvchi Excalibur va eksperimental faol-reaktiv uzoq masofaga mo‘ljallangan XM1113 snaradlari bilan berildi. Ikkala snarad ham kichik o‘lchamli nishonlarni muvaffaqiyatli urdi. Lekin bu masofa maksimal bo‘lganmi yoki yo‘q, aniqmas.

Yangi artilleriya tizimi tez fursatlarda ishlab chiqildi. BAE Systems bilan shartnoma o‘tgan yilning iyul oyida imzolandi. Gap istiqbolli XM907 qurolini M109A7 Paladin o‘ziyurar uskunasi shassisi bilan birlashtirish va 18 ta transport vositasidan iborat eksperimental partiyani yaratish haqida ketgan. Gaubitsa XM1299 belgisini oldi.

Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
Grozin Pompeoni Qobulga tashrifi haqida: AQSh obro‘ni saqlab, Afg‘onistondan qochib qolmoqchi

Ushbu qurol haqida ma’lumot ochiq manbalarda kam. Qurol elektron bostirish sharoitida ishlashga mo‘ljallangan yangi o‘t ochishni boshqarish tizimi va navigatsion tizimi bilan jihozlanishi ma’lum. Yuklash avtomati tezligi daqiqasiga o‘n martaga o‘t ochish imkonini beradi. Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, XM1299 gaubitsasi, artilleriyasining kuchi raqib bilan artillerik duel olib borish imkonini beradi. Bu, albatta, Rossiya nazarda tutilgan.

Anchagina ortda qolib ketgan

2017 yil oxirida Amerikaning RAND tadqiqot markazi Rossiya Qurolli kuchlarining jangovar qobiliyatlari to‘g‘risida hisobot e’lon qildi. Mutaxassislarning xulosalari aniq: ular dunyodagi eng katta mamlakatni zabt etishda muvaffaqiyat qozona olmaydilar. Gipotetik qurolli to‘qnashuvda Amerika quruqlikdagi kuchlari uchun asosiy xavflardan biri, mutaxassislarning fikricha - artilleriya.

Hisobotda ta’kidlanishicha, urush bo‘lgan taqdirda Rossiya dushmanning quruqlikdagi kuchlariga bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv o‘rnatmasa-da, maksimal darajada zarar yetkazishga harakat qiladi. Flanglarga zarbalar, manevrlar hamda xujum qilayotgan qismlarini artilleriya tomonidan keyinchalik yo‘q qilish uchun to‘sib qo‘yishlar keng qo‘llaniladi.

Perviy zapusk prototipa perspektivnogo giperzvukovogo orujiya (Advanced Hypersonic Weapon ) na poligone v SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh yangi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi – video

"Bu sohada ruslar g‘arb armiyalarga nisbatan ustunlikka ega", - deya ta’kidlagan RAND. "Masalan, Amerika Quruqlikdagi Qurolli kuchlari brigadasida faqat bitta artilleriya bataloni mavjud. Rossiya qismlari va tarkibiy bo‘linmalarida o‘t ochishga ko‘maklashish bo‘linmalar ancha ko‘proq".

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uchta motor-o‘q va bitta tank batalonlaridan iborat motor-o‘q brigadasiga kuchaytirish uchun ko‘pincha ikkita o‘ziyurar uskunalar bataloni va bitta artilleriya bataloni qo‘shib qo‘yiladi - va bu hali eng yuqori nuqtasi emas.

Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus epidemiyasi yillarga cho‘zilishi mumkin – AQSh virusologi

"Yuzma-yuz jang qilinadigan bo‘lsa, Amerika brigadasi dushmanning juda ko‘p sonli zambaraklari va RSZO (birdaniga ko‘p o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari – tahr.)lariga duch keladi, ular o‘q-dorilarning keng turlaridan foydalanishga va yanada uzoqroqka zarba berishga qodir. Ruslar bunda aniq ustunlikka ega", - deya tan oldi tahlilchilar.

Darhaqiqat, stvolli va reaktiv artilleriya sohasida ham AQSh doimo Rossiyaga yetib olishgan. Amerikaliklarda hali ham 1963-yilda o‘z qo‘shinlari tarkibiga kirgan M109 o‘ziyurar artilleriya uskunalarining turli xil modifikatsiyalari qo‘llanilmoqda. Uning hatto eng so‘nggi versiyalari ham Rossiyaning "Msta-S" va "Koalitsiya" gaubitsalari, shuningdek ba’zi Yevropa va Xitoy sinfdoshlari oldida o‘t ochish masofasi va tezligi jihatidan ancha past.

Yuklash avtomati faqatgina 2012-yilda xizmatga kabul qilingan M109A7 so‘nggi modifikatsiyasida paydo bo‘ldi. O‘t ochish tezligi daqiqada uchdan oltitaga oshdi, ammo "Msta-S" shu vaqtning o‘zida nishonga o‘nta snarad uzadi.

"Koalitsiya"ga qarshi

Aslida bu eski hikoya. 1980-yillarning oxirida General Dynamics sanoat giganti mutaxassislari istiqbolli XM2001 Crusader istiqbolli mashinasini ishlab chiqishni boshladilar.

Sinovlari 1999-yilda boshlangan o‘ziyurar qurolda eng yangi texnologiyalar qo‘llanilgan. Mashina elektronika bilan to‘ldirilib tashlangan. Yuklash avtomati, o‘t ochish tezligi - daqiqasiga o‘nta snarad, "Excalibur" snaradlari rekordli 57 kilometrgacha zarba berdi. Biroq, 2002-yilda loyiha ortiqcha qimmatligi tufayli yopildi. XM2001 ning bitta birligi g‘aznaga 25 million dollarga tushgan bo‘lar edi.

Yana bir istiqbolli loyiha - bu kelajakdagi harbiy texnikalarni yaratish uchun Future Combat Systems dasturining elementi bo‘lgan XM1203 NLOS Cannon o‘ziyurar uskunalari. M109 (32 tonna) dan asosiy farqi - kamroq vazn, 18 tonna. O‘t ochish tezligi - daqiqasiga olti snarad. Ammo 2009-yilda Pentagonning mudofaa strategiyasida o‘zgartirilganligi sababli Future Combat Systems dasturidan voz kechildi.

Rossiyskaya voyennaya politsiya v osvobojdennom siriyskom gorode Maaret-Nuuman v Idlibe - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyani turk harbiylari o‘limida aybladi - dunyoning bu bilan ishi yo‘q

Albatta, XM2001 va XM1203-larni ishlab chiqishdagi tajriba XM1299 loyihasiga yordam berdi. Ushbu o‘ziyurar uskunani Rossiyaning eng yangi "Koalitsiya-SV" rusumli o‘ziyurar avtomatik uskunasi bilan taqqoslashning hozircha imkoni yo‘q, chunki har ikkala tizim bo‘yicha ma’lumot yetarli emas. Ammo ko‘rinishidan Amerika mashinasi hali ham raqobatchidan ortda qoladi.

Shunday qilib, "Koalitsiya-SV" e’lon qilingan o‘t ochish masofasi 80 kilometr, XM1299niki esa 70 kilometrni tashkil qiladi. Rossiyaning o‘ziyurar uskunasining o‘q otish tezligi ma’lum emas, ammo ishlab chiquvchilarning aytishiga ko‘ra, daqiqasiga o‘ndan ortiq snarad. Vanihoyat, "Koalitsiya-SV" yanada kuchli dvigatel bilan jihozlangan - 600 ot kuchiga o‘rniga endi 1000 ot kuchiga ega. Bu o‘t ochish pozitsiyasini ancha tez o‘zgartirishi mumkinligini anglatadi.

Strategik to‘p

Ammo amerikaliklar bu bilan kifoyalanmoqchi emas. XM1299 dasturi bilan bir qatorda ular 1000 dengiz miliga (1885 kilometr) o‘t ochishga qodir o‘ta uzoq masofali strategik pushkani ishlab chiqmoqdalar.

Bu maxluqning prototipi 2023-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan. O‘tgan yilning oktabr oyida AQSh generali Jon Rafferti jurnalistlarga bunday hayratda qoldiradigan masofaga "jadal texnologiyalar" yordamida erishish mumkinligini tushuntirdi. U qaysi texnologiyalarni nazarda tutganini aytmadi, ammo yangi qurol kimga qaratilganligini aniq ko‘rsatdi.

Jiteli goroda Dushanbe, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zganing ishiga aralashmang": Tojikiston TIV AQSh Davlat departamentini tanqid qildi

"O‘t ochish masofasi Rossiya va Xitoy bilan raqobatdagi asosiy ko‘rsatkichdir, - dedi general. - Ularning uzoq masofali havo mudofaasi tizimlari, artilleriya va qirg‘oq mudofaa tizimlarining gorizont orti radarlari bilan birgalikda ishlashiga qarshi biror tizimni qarshi keltirolmaymiz. Quruqlikdagi kuchlarga ko‘p qatlamli mudofaa chizig‘ini bosib o‘tish, uning asosiy elementlarini yo‘q qilish va boshqa kuchlarning harakatiga imkon beruvchi "quruqlik-quruqlik" sinfidagi qurollar kerak. Strategik to‘p dushman mudofaasi ichkarisidagi nishonlarni urish imkonini beradi. "Istiqboldagi gipertovush raketalari"dan farqli o‘laroq uning o‘q-dorilari ancha arzon bo‘ladi.

Dunyo hali bunday uzoq masofali snaradlarni ko‘rmagan. Ammo bu qurol hech qachon qabul qilinishi va umuman yaratilishi haqiqatdan yiroq. Bir ming dengiz mili masofasini artilleriya tomonidan zabt etilishi mumkin emas - bu fizika qonunlariga zid. Bu shunchaki armiya generallari budjetdan ko‘proq pul olish kerak bo‘lganda hukumatni Rossiya yoki Xitoy tahdidi bilan qo‘rqitishni yaxshi ko‘rishadi.

Yangiliklar lentasi
0