Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Qonunchilik palatasida YeOII bilan hamkorlikka oid tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii, Kirgizstana, Kazaxstana, Belarusi, Armenii, a takje s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES)
Flagi Rossii, Kirgizstana, Kazaxstana, Belarusi, Armenii, a takje s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha siyosiy partiyalar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzildi. YeOII bilan hamkorlikning milliy iqtisodiyotga ta’sirini chuqur tahlil qilish, istiqbolda milliy iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligini o‘rganish guruhning asosiy vazifasi etib belgilandi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.

Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, quyi palatadagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Unga Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov rahbar etib tasdiqlandi.

YeOII bilan hamkorlikning milliy iqtisodiyotga ta’sirini chuqur tahlil qilish, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligini o‘rganish, hamkorlikning har bir iqtisodiyot tarmog‘iga ta’siri bo‘yicha ijobiy va salbiy ta’sir yo‘nalishlarini aniq yoritib berish ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilandi.

Shuningdek, ishchi guruh boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik istiqbollari bilan o‘zaro bog‘liqligini har tomonlama ko‘rib chiqadi.

Shu bilan birgalikda, O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik masalasini o‘rganish bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Flagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi sifatida kiradi – Vazirlar mahkamasi taklifi

Unda, jumladan, ushbu masalani siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar yig‘ilishlarida muhokama qilish, shuningdek, yetakchi ekspertlar ishtirokida turkum davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Tadbirlar doirasida fuqarolar va biznes-hamjamiyat o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkaziladi. Bir nechta vazirlar, shu jumladan, Tashqi ishlar hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirlarining tegishli axborotlarini Qonunchilik palatasida eshitish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hukumati mamlakatning YeOII bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilishiga doir taklifni ma’qullagan edi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Shuningdek, bu Ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lib kirgan, 2018-yildan e’tiboran Moldova kuzatuvchi maqomiga ega.

Tashkilotning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini oshirish borasida barqaror rivojlaninsh uchun sharoitlar yaratish, YeOII doirasida tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiya rivojlantirishdir.

Yangiliklar lentasi
0