TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonda koronavirus infektsiyasi aniqlandi.
Jonson Twitter akkauntida videomurojaat qilib, unda ham koronavirus infektsiyasi aniqlanganini maʼlum qildi. Jonsonning soʻzlariga koʻra, unda kasallikning yengil alomatlari - isitma va yoʻtal paydo boʻldi.
Over the last 24 hours I have developed mild symptoms and tested positive for coronavirus.
— Boris Johnson #StayHomeSaveLives (@BorisJohnson) March 27, 2020
I am now self-isolating, but I will continue to lead the government’s response via video-conference as we fight this virus.
Together we will beat this. #StayHomeSaveLives pic.twitter.com/9Te6aFP0Ri
Ikki kun avval Britaniya taxtining birinchi daʼvogari shahzoda Charlz koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgani maʼlum boʻlgandi. Charlz rafiqasi bilan birga Shotlandiyadagi saroyda oʻzini izolyatsiya qilishgan.
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasini pandemiya, deb eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha 465 mingdan ziyod kishi koronavirus bilan bemorlangan, 21 mingdan ziyodi vafot etgan.