TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Karantin vaqtida davlat tashkilotida ishlayotgan xodimlarga ish haqlarining yetkazilishi qay tartibda amalga oshirilmoqda?oylik mashlar qanday yetkazib berilmoqda? Sputnik muxbiri ushbu savol bilan Moliya vazirligiga murojaat qildi.
Moliya vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, davlat tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarning maoshlari avtomatik tarzda ularning plastik kartochkalariga tushirib berilmoqda.
Nodavlat tashkilotlar xususiy boʻlganligi uchun, ushbu tashkilotlarda ishlovchi xodimlar va rahbarlar oʻrtasidagi kelishuv, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan ish haqlari naqd yoki kartochka orqali toʻlab beriladi.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin pensiyalarning respublikaning barcha hududlaridagi aholi manzillariga yetkazib berilayotgani haqida xabar bergan edik. Yaʼni 18 martdan boshlab, pensiya toʻlovlari avvalgidek mahalla fuqarolari yigʻini idoralarida emas, fuqarolarning uylariga borib tarqatilmoqda.