Jamiyat

Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dorilar roʻyxati eʼlon qilindi - Rossiya SSV

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka oʻtishTabletki
Tabletki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyalik shifokorlar koronavirusni tashhis qoʻyish va davolash boʻyicha yangi tavsiyanomani eʼlon qildi. Undan bir necha preparatlar nomi ham sanab oʻtilgan.

TOSHKENT, 27 mar —Sputnik. Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi COVID-19 koronavirusni aniqlash va davolashda tavsiya qilinadigan eng dorilar roʻyxatini eʼlon qildi. Bu Rossiya SSV tomonidan chiqarilayotgan tavsiyanomaning 4 –tahriri boʻlib unga bir qator yangi preparatlar nomlari kiritilgan.

Rossiyalik mutaxassilar doimiy ravishda xorijlik hamkasabalari bilan muloqotda boʻlib, koronavirusni davolashda eng samarali choralar borasida fikr almashmoqdalar, deyilgan xabarda.

Atipik pnevmoniyaga chalingan bemorlarni kuzatuv natijasida bir necha dori vostalarini oʻzaro biriktirilgan holda foydalanish samarali deb topilgan. Xususan bu Lopinavir +  ritonavir, xloroxin, gidroksixloroxin va interferonlardir, - deyilgan xabarda.

Shuningdek COVID-19ni davolashda samarali deb hisoblangan va ayni damda klinik sinovdan oʻtayotgan dori vositalari orasida umifenovir, remdesivir, favipiravir kabi dorilar bor.

Ayni damda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 465 ming kishini tashkil qilgan, vafot etganlar soni 21 kishidan oshgan. Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 1036 kishini tashkil qilmoqda. Shundan 703 kishi – Moskvada.

Yangiliklar lentasi
0