Jamiyat

Markaziy bank raisiga yangi birinchi oʻrinbosar tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTsentralnыy bank Uzbekistana
Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezident farmoniga asosan Zaxidov Botir Erkinovich Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan Zaxidov Botir Erkinovich Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Portfel s dokumentami  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh prokuraturada yangi tayinlov

Uning zimmasiga kredit tashkilotlari prudentsial nazorati, litsenziyalash va ruxsat berish tartiboti, kredit tashkilotlarini inspektsiya qilish, kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, kredit axborotining davlat reyestrini yuritish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va bank mutaxassislarini qayta tayyorlash, bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish yoʻnalishlari nazorati yuklatilgan.

Shu kungacha B.Zaxidov Markaziy bank raisining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

B.Zaxidov 1982 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2003 yilda Toshkent Moliya institutini, 2008 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

U bank sohasida 20 yillik ish tajribasiga ega. Markaziy bank tizimida 2009 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0