Tramp Xitoy yetakchisi bilan koronavirus epidemiyasini muhokama qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrezident Ameriki Donald Tramp
Prezident Ameriki Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar.

Meropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

“Hozirgina XXR raisi Si Szinpin bilan juda yaxshi suhbat o‘tkazdim. Dunyo katta qismini vayron qilayotgan koronavirusni juda batafsil muhokama qildik. Xitoy ko‘p narsani boshidan o‘tkazdi va virus haqida aniq tushunchani ishlab chiqdi. U bilan yaqin hamkorlik qilmoqdamiz. Katta ehtirom!”, - deb yozgan Tramp o‘z Twitter-akkauntida.

AQSh koronavirus holatlatlari bo‘ycha AQSh dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. mamlakatda 85,4 mingta koronavirusga chalingan bemorlar qayd etilgan. Xitoyda esa shu kunda – 81,3 mingta bemor qayd etilgan. Shunday qilib AQSh bir kunda Xitoydan ham Italiyadan ham o‘zib ketdi.

Bugungi kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 538 mingdan, qurbonlar soni 24 mingdan oshib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0