Qozogʻiston chegarasida qolib ketgan oʻzbek migrantlari harbiylar kuzatuvida olib kelindi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaVoyennoslujaщiye Uzbekistana, kotorыe obespechivayut bezopasnost grajdan na granitse s Kazaxstanom
Voyennoslujaщiye Uzbekistana, kotorыe obespechivayut  bezopasnost grajdan na granitse s Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston
30 ga yaqin shifokorlar tomonidan sogʻligʻi tekshirilgan yigit-qizlar, ayollar hamda bolalar oʻzlari uchun ajratilgan hamda dizenfektsiya qilingan shinam xonalarga joylashtirilgan

TOSHKENT, 27 mar - Sputnik. Markaziy harbiy okrug boʻlinmasi Qozogʻistondan kelgan 1157 nafar oʻzbekistonliklarni xavfsizligini taʼminlashga jalb qilindi.

Pogranichnыy punkt, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus yopgan chegaralar tufayli yuzlab oʻzbekistonliklar Qozogʻiston hududida qolmoqda

Xabarda aytilishicha, 25 mart kuni 1157 nafar Oʻzbekiston fuqarosi temiryoʻl orqali Qozogʻiston Respublikasidan Samarqand shahriga olib kelingan. Shundan soʻng ular Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, viloyat hokimligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda soha mutaxassislari tomonidan qisqa fursatda Samarqand shahrida vaqtincha tashkil etilgan karantin maskaniga joylashtirilgan.

"30 ga yaqin shifokorlar tomonidan sogʻligʻi tekshirilgan yigit-qizlar, ayollar hamda bolalar oʻzlari uchun ajratilgan hamda dizenfektsiya qilingan shinam xonalarga joylashtirildi", - deyiladi xabarda.

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaVoyennoslujaщiye Uzbekistana, kotorыe obespechivayut bezopasnost grajdan na granitse s Kazaxstanom
Qozogʻiston chegarasida qolib ketgan oʻzbek migrantlari harbiylar kuzatuvida olib kelindi - Sputnik Oʻzbekiston
Voyennoslujaщiye Uzbekistana, kotorыe obespechivayut bezopasnost grajdan na granitse s Kazaxstanom

Karantindagi fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan patrullik qoʻriqlovi tashkil etilgan.

Eslatib oʻtamiz, 26-mart kuni Oʻzbekiston TIV axborot xizmati rahbari Avazbek Hojimatov "23-martdan qoʻshni davlatlar bilan chegara oʻtkazish punktlari yopilishi munosabati bilan Oʻzbekistonning Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan chegaralarida koʻplab Oʻzbekiston fuqarolari toʻplanishi kuzatilgan. 25-mart soat 19:00 gacha Qozogʻistondan 1 450 nafar va Qirgʻizistondan 550 nafardan ortiq fuqarolar uyushgan holda chegaradan oʻtkazilgan"ini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala