TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Gonkong universiteti olimlari koronavirus ayniqsa faol boʻladigan haroratni maʼlum qilishdi. Tegishli maʼlumotlar medRxiv portalida chop qilingan.
Taʼkidlanishicha, koronavirus 4 daraja issiqlikdan boshlab uzoq muddat davomida yuqori barqaror holatda boʻlishi mumkin. Xona haroratida virus 7 kungacha omon qolishi mumkin. 14 kundan keyin uning faolligi pasayib, yoʻq boʻlib ketadi.
Shu bilan birga, SARS-CoV-2 yuqori haroratga dosh bera olmaydi. 56 darajada virus yarim soat ichida oʻladi, 70 darajada esa besh daqiqada undan asar ham qolmaydi.
Tibbiy niqob ustida virus 7 kungacha saqlanib qolishi mumkin, shuning uchun uni muntazam almashtirib turish kerak, koʻp marotaba ishlatiladiganlarini esa tez-tez dezinfektsiya qilib turish kerak.
Koronavirus turli buyumlar ustida necha soat hayot kechira oladi?
Har qanday buyumning ustki qismi dezinfektsiya qilinganda virus 5 daqiqa oʻladi.
Mutaxassislar dezinfektsiya uchun tarkibida xlor boʻlgan vositalardan foydalanishni tavsiya qilishgan.
Eslatib oʻtamiz, sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov dokadan qilingan niqoblarni yoki tibbiy niqoblarni iloji boʻlsa, bir marta ishlatgach, yoʻqotish kerakligini maʼlum qilgan edi.