Jamiyat

Poytaxt hokimligi: oziq-ovqat tanqisligi boʻlmaydi

© SputnikRыnok "Eski juva" v Tashkente
Rыnok Eski juva v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Maʼlumki, 30 martdan Toshkent shahriga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va harakatlanishiga ruxsat beriladi.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi 30 martdan poytaxtga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va harakatlanish tufayli oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelmasligini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, koʻrilgan chora bu poytaxtga oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari olib kirilmaydi degani emas.

"Bugun shahrimizning koʻplab bozorlari va doʻkonlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga navbat kuzatildi. Bu esa karantin talablariga ziddir. Shu sabab aholimizga murojaat qilib, zaxirada qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetarli ekanligini, bozor va doʻkonlar bunday mahsulotlar bilan muntazam taʼminlanishini maʼlum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida shaxsiy avtomobillarda harakatlanish cheklandi. Harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi. Mazkur ruxsatnomalar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanadigan tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalariga taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0