O‘zbekistonda yana 29 kishida koronavirus aniqlandi

© REUTERS / Dado RuvicProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 29 taga oshib, 133 nafarni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonda yana 29 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

“Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 29 taga oshib, 133 nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan xabarda.

Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

JSST 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda virusni yuqtirganlar soni 670 mingdan ziyod kishini tashkil qilmoqda, 30 mingdan ziyod kishi vafot etgan. 145 686 kishi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0