Jamiyat

COVID-19ga qarshi kurash: SSVda koreyalik mutaxassis ish boshladi

© Otdel po svyazyam s obщestvennostyu Ministerstva zdravooxraneniyaProfessor Universiteta Koryo Respubliki Koreya Tsoy Chje Uk
Professor Universiteta Koryo Respubliki Koreya Tsoy Chje Uk - Sputnik Oʻzbekiston
Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishi uchun koreyalik professorni Oʻzbekistonga taklif etdi.

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligida Koreyaning Koryo universiteti professori Tsoy Chje Uk S xalqaro ekspert sifatida ish boshladi.

Koronavirusga zarba: maxsus karantin zona - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Barcha qulayliklar ega boʻlgan karantin – video

Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, mutaxassis bugun va ertaga qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan maslahat olish, hamkorlikda ishni tashkil qilish hamda dunyo va Koreya tajribasi bilan mamlakatda qoʻllanilayotgan koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha bugungi metodologiyani uygʻunlashtirish maqsadida taklif etildi.

Ushbu xalqaro ekspert bilan hamkorlikda, shuningdek, koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash va ularning xastalikdan tezroq forigʻ boʻlishlari uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan unumli foydalanishni yanada kuchaytirishga ham alohida eʼtibor qaratish koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlanganlar soni 149 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala