Firibgarlar hushor: koronavirus paytida sizni aldashlariga qanday yo‘l qo‘ymaslik mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turli xil mish-mishlar va vahima paytida firibgarlar ishonuvchan va vahimaga tushgan fuqarolardan faol foydalanishmoqda. Eng mashhur firibgarliklarning bir necha sxemalari va ulardan qochish yo‘llari Sputnik sharhida.

TOShKENT, 31-mart - Sputnik, Mariya Naumenko. Firibgarlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatdan foydalanib, ishonuvchan fuqarolar ortidan pul ishlashning yangi usullarini o‘ylab topdi.

Eng mashhur firibgarliklarning bir necha sxemalari va ularning domiga ilinmaslik yo‘llari Sputnik sharhida.

Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri keltirilgan koronavirusni aniqlovchi soxta testlar

Rossiyada firibgarlar internetda koronavirus soxta testlarini sotishmoqda. Ulgurji va chakana savdo testlarini sotish to‘g‘risidagi reklama ommaviy ravishda ommabop onlayn xizmatlariga joylashtirilmoqda.

Lyudi stoyat v ocheredi v supermarkete za predelami goroda Kazalpusterlengo, kotoriy bil zakrit italyanskim pravitelstvom iz-za vspishki koronavirusa na severe Italii - Sputnik O‘zbekiston
"Lyubaya biznes xorosha": firibgarlar koronavirusga qarshi tumorlarni sotuvga chiqardi

“So‘nggi 24 soat ichida bizning mutaxassislarimiz yuzdan ortiq bunday reklamalarni aniqladilar. Firibgarlikning barcha belgilari aniq: sotuvchilarning akanuntlari asosan yaqin kunlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, testlar “Xitoyning “mashhur” virusga testlar” deb ataladi va hokazo. Firibgarlar talabga shu tariqa munosabat bildirmoqdalar - oxirgi bir oy ichida “Yandeks”ning o‘zida foydalanuvchilar testlar haqida: koronavirus testini qayerdan sotib olish yoki uni qayerda amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarni 700 ming martadan ko‘proq so‘rovlar yuborgan”, - deya ma’lum qildi OAVga "Silnaya Rossiya" Butunrossiya harakati raisi Anton Svetkov.

Ko‘pincha bunday holatlarda sotuvchilar buyurtma uchun to‘lovni qabul qiliboq, juftakni rostlashadi. Sputnik muxbiri “Avito” veb-saytida shunga o‘xshash e’lonni topdi, unda 25 ming rublga 25 ekspress virusga testlar qutisini sotib olish taklif etilgan.

"Testlar hozirda yo‘lda. Ilgari kuni ular Gonkongdan jo‘natildi. Ertaga yoki indinga samolyot Manchjuriyada qo‘shimcha yuk to‘ldirilishda bo‘lib, keyin Moskvaga uchib ketadi. Taxminan yetti kundan keyin testlar Moskva chegarasida bo‘ladi", - dedi sotuvchi Sputnik muxbiriga "virus testlari"ni yetib kelish vaqti haqida.

Mujchina rabotayet za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Vahima qilmang: internetda ko‘plab feyklar tarqatilmoqda

Keyin sotuvchi sinovlar insonparvarlik yuki bilan olib kelinayotganini va Moskvada tushirishga yo‘l qo‘yilmasligi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Bunday holda jo‘natma Rossiya poytaxtiga Novosibirskdan yuborilishini aytdi. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, bu Gonkong samolyoti yo‘nalishidagi navbatdagi nuqta.

Ushbu shubhali mahsulotga buyurtma berish uchun xaridor pasport ma’lumotlarini, yetkazish manzili va bank kartasida 10% oldindan to‘lovni taqdim qilishi kerak.

"Men o‘zimning ham pasport ma’lumotlarini yuborishim mumkin", - deydi sotuvchi xaridorni bitimning jiddiyligiga ishontirishga urinib, "men sizga WhatsAppga (messenjer - tahr.) bank karta raqamini, amaldagi xotinimning kartasini yuboraman. Biz 2500 rubl miqdorida avans olamiz, menejerlar sizni bazaga kiritib qo‘yishadi va tovarlar kelganidan keyin siz bilan bog‘lanishadi. Tovarlar bojxonada bo‘lishi bilanoq, siz bu haqda xabar topasiz", - deb ishontiradi sotuvchi.

Ekspert va yurist Vitaliy Vexov sotib olish uchun sirtdan pul to‘lamaslikni qat’iy tavsiya qiladi.

"Hozirda uyga himoya niqoblarini yetkazib berish uchun oldindan buyurtma qabul qiladigan bir kunlik firmalar ko‘p. Odamlar pul o‘tkazishadi, lekin mahsulot hech yetib kelmaydi. Yana bir firibgarlik turi - koronavirus bilan kasallangan odamlarga yordam berish uchun mablag‘ to‘plash. Bu mablag‘lar qayerga ketishini payqamaydigan, lekin yordam berishga tayyor ishonuvchan fuqarolarga ham ta’sir qiladi. Bunday sharoitlarda faqat birgina maslahat berish mumkin: sirtdan hech qanday moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirmang va har doim kompaniya yoki e’lon berguvchi haqida tegishli ma’lumotlarni tekshiring ", - deydi Vexov.

Laboratoriya immunofermentnix issledovaniy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada COVID-19 ga qarshi uchta dori ishlab chiqarildi

COVID-19dan soxta dori

Notanishlar odamlarga qo‘ng‘iroq qilib koronavirusga qarshi dori sotib olishni taklif qilishmoqda. Bunday holatlar, masalan, Latviya va Rossiyada qayd etildi.

Xuddi shunday vaziyatga Rossiya Federatsiyasining Kirov viloyatidan bo‘lgan nafaqaxo‘r ham tushdi. Ayolga o‘zlarini viloyat kasalxonasi xodimlari deb tanishtirgan firibgarlar qo‘ng‘iroq qilgan. Ularning aytishicha, nafaqaxo‘rda koronavirus topilgan va unga 50 ming rubl miqdorida vaksina olish kerak. Bankomatdan foydalanib, ayol ko‘rsatilgan rekvizitlarga pul o‘tkazgan.

Butun dunyo olimlari ushbu kasallikka qarshi vaksina ixtiro qilish ustida ishlayotgan bo‘lishiga qaramay, vaksina haligacha yaratilmagan.

"Rossiyada vaksinalar sinovlari endi boshlandi. Tayyor vaksina 11 oydan keyingina olinadi. Davolanish uchun dori sotib olishni taklif qilgan firibgarlarga ishonmang", - deyiladi viloyat tezkor shtabida.

Mavjud bo‘lmagan reysga chipta

Mamlakatlar o‘z chegaralarini yopishdi, aviakompaniyalar muntazam xalqaro yo‘lovchilar tashishni bekor qildi. O‘z fuqarolarini vatanlariga evakuatsiya qilish uchun mamlakatlar maxsus charter reyslarini tashkil qilmoqdalar. Reyslar soni cheklangan va uyga qaytishni istaganlar soni esa kun sayin ortib bormoqda.

Grajdane respubliki Uzbekistan v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
Elchixona firibgarlikning yangi turi haqida ogohlantirdi

Masalan, boshqa mamlakatlarda qolib ketgan Gruziya fuqarolariga firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarga hujum qilishib o‘z vatanlariga evakuatsiyaga yordam berishni taklif qilishmoqda.

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xususiy shaxslar bunday yordamni taqdim eta olmasligiga ishontirishmoqda va faqat diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda.

Moskva aeroportlarida bir necha sutkalab samolyotni o‘tkazib yuborishdan qo‘rqib qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolari ham jinoyatchilarning diqqat markazida qolmoqda.

Sputnik ixtiyoriga migrantlarning respublikaning Uzbekistan Airways Milliy aviakompaniyasi soxta vakili bilan telegramdagi yozishmalari tushdi.

Firibgar tashuvchining "rasmiy" akauntidan xat yozib, xohlovchilar ko‘pligini, ammo Toshkentga chiptalar kamligini ro‘kach qilgan holda shoshilinch ravishda pasport nusxasini yuborishni va chipta uchun pulni bank kartasiga o‘tkazishni so‘raydi.

Bundan tashqari, Moskva aeroportlarida firibgarlar o‘zbekistonliklar ishonchiga kirib, charter reysi uchun chiptalarni sotish olish muammosini hal qilishni taklif qilishmoqda, deb xabar beradi "O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot xizmati. Shu bilan birga, firibgarlar pasport ma’lumotlari va chipta uchun narhning 70% oldindan to‘lovini talab qilmoqda.

Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan Airways Moskvada charter qatnovini kutayotganlarni firibgarlardan ogohlantirdi

"Firibgarlar odamlarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini diplomatik vakolatxona hodimlari deb tanishtiradilar, zudlik bilan bank kartasi yordamida chiptani sotib olishni taklif qilib ular bilet sotib olishmasa umuman uyiga ketolmasligini bilan qo‘rqitishmoqdalar. Bundan tashqari, firibgarlar maxsus xakerlik dasturlaridan foydalanib ularning telefon raqamlari qo‘ng‘iroq paytida abonentlarda elchixona raqamlari bo‘lib qo‘rinmoqda", - deyishdi Sputnik nashriga O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida.

Diplomatik vakolatxona aviachiptalarni sotish bilan shug‘ullanmasligi haqida ogohlantirdi va ularni faqat "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasining rasmiy vakillaridan sotib olishni tavsiya qildi.

Shuningdek, mutaxassislar aeroportlarda shubhali odamlarga ishonmaslikni maslahat berishadi. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan vaqtincha bepul uy-joylardan foydalanish va rasmiy manbalardagi charter reyslar jadvaliga rioya qilish xavfsiz bo‘ladi: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, "O‘zbekiston havo yo‘llari" veb-sayti.

Belarusiya: bank nomidan soxta jo‘natmalar

Feyki pro koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus va karantin haqida eng sara “feyk”lar

Belorusiyaning eng yirik banklaridan biri "BPS-Sberbank"ning matbuot xizmati yangi hiyla-nayrang sxemasi haqida ogohlantirdi.

Firibgarlar mobil telefonda rasmiy axborot bulleteniga taqlid qilib, Vazirlar Kengashining qaroriga binoan bankning depozit bo‘yicha foizlarni koronavirus bilan kurashish Fondiga o‘tkazish to‘g‘risidagi bir tomonlama qarori haqida xabar berishadi.

Bank mijozlarga bunday jo‘natmalarni amalga oshirmaganliklarini habar qilmoqda, yuqorida ko‘rsatilgan qaror esa mavjud emas.

Ushbu vaziyatda ekspertlarning asosiy maslahati: agar siz bunday xabarlarni olsangiz, ssilka bo‘yicha o‘tmang, hech kimga SMS orqali kelgan parollarni, karta raqamini va karta orqasidagi uchta raqamni aytmang.

Litva: oq xalatdagi bo‘rilar

Litvada jinoyatchilar shifokorlar, tibbiyot markazlari xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar ko‘rinishida fuqarolarning kvartiralariga kirishga urinmoqdalar, deya xabar beradi politsiya. Jinoyatchilar uy-joylarni dezinfeksiyalashni yoki atigi virus mavjudligini tekshirishni taklif qilishmoqda.

Xuddi shu firibgarlik sxemasi O‘zbekistonda ham amal qilmoqda. Respublika Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ta’kidlashicha, bunday chaqirilmagan mehmonlar ko‘pincha qariyalar uylariga kelishmoqda.

Rossiyada esa jinoyatchilar keksa va yolg‘iz kishilarning xonadonlariga ko‘ngilli sifatida kirishmoqda.

Dezinfeksiya v Uzbekistane: kak predotvrashayetsya rasprostranenie virusa - foto - Sputnik O‘zbekiston
IIV fuqarolarni soxta dezinfeksiyachilardan ogohlantirdi

"Birinchidan, ko‘ngillilar kvartiraga kirishmaydi, chunki ko‘ngillilarning hozirda ishi juda ko‘p. Bundan tashqari, bizning ko‘rsatmalarimizga ko‘ra, ko‘ngilli ikki metr masofada turadi, unda beydj, niqob, qo‘lqopi bor yoki qo‘llarini antiseptik bilan tozalab turadi", -  ko‘ngilli tashkilotning ko‘ylagi bilan kiyingan ", - deb tushuntiradi "Volonteri-mediki" Butunrossiya jamoat harakati rahbari Pavel Savchuk.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari uyga begonalarni kiritmasliklarini va bunday holatlar to‘g‘risida darhol politsiya xodimlariga xabar berishlarini maslahat berishdi.

Rossiya: turistik yo‘llanma uchun pulni qaytarish

Koronavirus ko‘plab fuqarolarning chet elda dam olish rejalarini barbod qildi. Puli, lekin amalga oshmagan sayohat uchun pulni qaytarish usulini izlab, odamlar internet-firibgarlarga duch kelishmoqda.

Rossiyskie rubli v rukax u jenshini - Sputnik O‘zbekiston
Firibgar ayollar 10 kishini xonavayron qilishdi

"Internetda Rosturizm nomidan ish olib borayotgan tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumot tarqamoqda. Ushbu tashkilotlar xodimlari o‘zlarini "Rosturizmning yuridik xizmati" deb tanishtirishmoqda, fuqarolargaturistik yo‘llanmalari uchun mablag‘larni pullik hilmat asosida qaytarish bo‘yicha maslahat xizmatlarini taklif qilmoqda", - deb Federal turizm agentligi ogohlantirmoqda.

Idora rossiyaliklarga bekor qilingan sayohatlarga oid barcha masalalar bo‘yicha  agentlikning ishonch telefoniga murojaat qilishni va internetda taqdim etilgan ma’lumotni tekshirishni tavsiya qildi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 700 mingdan ortiq odam yuqtirgan, qariyb 30 ming kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0