Koronavirus bilan kurashayotganlar qaysi hududlardan ekanligi aytildi

© REUTERS / Dado RuvicProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan xastalanganlar 158 nafarni tashkil etmoqda - ular qaysi hududlardan?

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Ayni damda mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan xastalanganlar 158 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning har biri qaysi hududlardan ekanligi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumot berdi.  

Studenti  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli oliy ta’limda yozgi ta’til bo‘lmasa, o‘qish qanday ko‘chiriladi?

Ta’kidlanishicha, koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan 158 nafar fuqarolarning 92 nafari (shundan 7 nafari sog‘aygan, bir nafari vafot etgan) poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida, qolgan 66 nafari (shundan bir nafari vafot etgan) qator viloyatlardagi shifoxonalarda muolaja olishmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 26 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida, ularning 9 nafari farg‘onalik, qolgan 4 nafari andijonlik, 1 nafari jizzaxlik, 3 nafari samarqandlik, 7 nafari poytaxtlik, 2 nafari esa Toshkent viloyatidan.

Kasallikka chalinganlarning 17 nafari 25-mart kuni bitta reysda Turkiyadan Farg‘onaga charter reysda kelishgan yo‘lovchilar orasida aniqlangan. Shu kuniyoq ular statsionar karantinga olinib, kasallik tasdiqlangach ixtisoslashgan tibbiyot muassasasiga o‘tkazilgan.

Namangan viloyatida 15 holatda ushbu infeksiya aniqlangan. Ularning 13 nafari 12-13 mart kunlari Turkiya safarida bo‘lib qaytgan 2 nafar kasallangan fuqarodan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishgan. Ayni paytda bemorlar viloyat yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonada davolanishmoqda, ulardan bir nafari vafot etgan.

Andijon viloyatidagi 8 nafar bemorning barchasi ushbu hududning o‘zidan. Bundan tashqari, boshqa viloyatlarda yana 6 nafar andijonlik bemor bo‘lib, 2 nafari Buxoroda, 4 nafari Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishmoqda.

Hozirda 1 nafar xorazmlikda ushbu infeksiya tasdiqlangan. Ammo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bundan tashqari, yana 5 nafar bemor davolanmoqda. Ularning 2 nafari surxondaryolik, 1 nafari buxorolik, 1 nafari qoraqalpog‘istonlik, 1 nafari esa farg‘onalik hisoblanadi.

Oziq-ovqat mahsulotlar zaxirasi - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht, un va baliq: oziq-ovqat mahsulotlar zaxirasi

Buxoro viloyatida 8 nafar, jumladan, Andijon va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo viloyati hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 1 nafardan bemor davolanmoqda.

Bundan tashqari, Moskvadan charter reysida kelib, kasalligi tasdiqlangan 2 nafar buxorolik poytaxtda va 22-martda Moskvadan charter reysida Urganchga uchgan 1 nafar ushbu viloyat fuqarosi Xorazm yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Ayni vaqtgacha uch nafar qashqadaryolikda ushbu infeksiya aniqlangan. Shundan bemor bilan muloqot orqali ushbu infeksiyaga chalinib bir nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bo‘lsa, qolgan 2 nafari 21-28 mart kunlari Moskvadan  kelgan shahrisabzlik va yakkabog‘lik fuqarolarda aniqlangan. Ular poytaxtdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida muolaja olishmoqda.

Navoiy viloyatidan ham 2 nafar fuqaroda infeksiya aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan muassasada davolanishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0