Skvorsova koronavirusga qarshi Rossiya preparati haqida gapirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishKoronavirus
Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Skvorsova ushbu dori nafaqat davolash uchun, balki profilaktika uchun ham samarali bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Rossiya Federal biotibbiyot agentligi tomonidan taqdim etilgan koronavirusga qarshi Mefloxin preparati ta’siri yengil kechadi va aniq antikoronavirus ta’siriga ega, dedi FMBA (Federal biotibbiyot agentligi) rahbari Veronika Skvorsova.

Vo vremya raboti v virusologicheskoy laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusni davolovchi preparat taqdim etildi

"Mefloxin" va gidroxlorid - bezgakka qarshi belgilangan xininli dorilarning analoglari, ammo toksik kuchi unchalik jiddiy emas, yengil kechadi va antikoronavirus effekti yaqqol sezilarli, ya’ni mikrokonsentratsiyalarda (litriga o‘n millimol) ushbu dori to‘qima madaniyatida sitopatik ta’sirni to‘liq ingibirlashtirilishiga olib keladi". - dedi Skvorsova "Rossiya 1" kanalidagi "Vladimir Solovov bilan oqshom" dasturida.

U FMBA Mudofaa vazirligining Mikrobiologiya instituti bilan dori vositasi ustida birga izlanishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

FMBAda klinik sinovlarni o‘tkazish uchun Mefloxinning uch mingga yaqin qutisi mavjud, dedi Skvorsova. FMBA preparatni Kommunarkadagi shifoxonaga berib yuborishga tayyor.

Agentlik rahbari ushbu dori nafaqat davolash uchun, balki profilaktika uchun ham samarali bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

"Agar bu klinik sinovlarda tasdiqlansa, unda biz samarali davolash vositasiga ega bo‘lamiz", - deb ta’kidladi Skvorsova.

Tabletki - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi - Rossiya SSV

Ilgari FMBA Mefloxin bezgakka qarshi dorisi asosida koronavirus infeksiyasini davolash sxemasini ishlab chiqqan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda virusni yuqtirganlik bo‘yicha 690 ming holat aniqlangan, 33 mingdan ziyod inson vafot etgan.

AQSh, Italiya, Ispaniya va bir qator Yevropa mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga kelmoqda. COVID-19 tarqalishi boshlangan Xitoyda epidemiya tugagani haqida kecha - 30-mart kuni e’lon qilindi.

Bugungi kunga qadar Rossiyada koronavirus bilan kasallangan 1836 bemor ro‘yxatga olindi (ularning 1226 tasi Moskvada), 66 bemor sog‘ayib ketgan.

O‘zbekistonda 158ta kasallanish holati qayd etildi. 7 kishi tuzaldi, 2 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0