Toshkentdagi to‘y videosi qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi – IIBB tafsilotlarni o‘rgandi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 23-martdan to‘y-hashamlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlangan. Yunusoboddagi to‘yda xonanda Mavluda Asalxo‘jayevaning ishtirok etgani foydalanuvchilar e’tiborini tortgan.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB internet tarmog‘idagi tarqalgan Yunusobod tumanidagi to‘y o‘tkazilgani aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda karantinda to‘y boshlagan fuqarolar ustidan jinoyat ish qo‘zg‘atildi

Marosimda o‘zbek estradasining taniqli xonandasi Mavluda Asalxo‘jayevaning ishtirok etgani videorolikni tomosha qilganlarning e’tiborini tortgan. Foydalanuvchilar tadbir ishtirokchilarini karantin davrida tartibni buzganlikda ayblaganlar.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tekshiruv o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, tadbir 22-mart kuni, ya’ni koronavirus tufayli  to‘y-hashamlarni bekor qilish haqidagi qaror kuchga kirishidan bir kun oldin bo‘lib o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, to‘y kuyovning – 28 yoshli Sh.S.ning uyida o‘tkazilgan. Unda 3 nafar erkak, kelin va 6 ta ayol hamda xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva ishtirok etgan. Xonanda uchta qo‘shiq kuylab, tadbirni tark etgan.

“Sh.S. to‘y o‘tkazishi haqida oldindan mahalla raisini va profilaktika inspektorini ogohlantirgan”, - deyilgan xabarda.

ChP v Bishkeke — povod otmenit svadbu? Ot etogo video u vas pobegut murashki - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda ham yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi – video

IIBB fuqarolardan biror ma’lumotni internetga muhokama qilish uchun chiqarishdan oldin uning tafsilotlarini o‘rganib chiqishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin munosabati bilan qator taqiqlar o‘rnatilgan. Nafaqat viloyatdan viloyatga, balki shahar va tumanlar o‘rtasida ham transport harakati cheklandi. Fuqarolarga zarur bo‘lmaganda uyidan tashqariga chiqish cheklandi. Fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida 2 metr masofa saqlashi shart. Qolaversa, ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishi taqiqlanadi.

Shuningdek, mamlakat fuqarolarini sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilingan.

Yangiliklar lentasi
0