Koronavirus kasalligining yangi belgilari aytildi

© Sputnik / Ilia Pitalev / Fotobankka oʻtishMoskvichi s produktovыmi sumkami na Tverskoy ulitse v Moskve
Moskvichi s produktovыmi sumkami na Tverskoy ulitse v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hid va taʼm sezish belgilari namoyon boʻlganida yetti kun davomida oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tartibiga qatʼiy amal qilish lozim.

TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Hid va taʼm sezgilarining yoʻqolishi koronavirus bilan bemorlanganlikning asosiy belgilari hisoblanadi. Londondagi Qirollik kolleji olimlari shunday toʻxtamga keldilar.

Gennadiy Oniщenko v uzbekskom chapane i tyubeteyke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
BCG vaktsinasi koronavirusdan himoya qilishi dargumon – mutaxassis

Mutaxassislar maʼlumotlariga koʻra, xuddi shunday belgilarga ega boʻlgan 59 % bemorlarda koronavirusga topshirilgan test ijobiy natija bergan. Shu bilan birga, ushbu koʻrsatkich koronavirusni aniqlashda yuqori temperaturadan koʻra koʻproq aniqroq javob bergan.

Olimlarning taʼkidlashicha, boshqa belgilar bilan bir qatorda, taʼm va hid sezgilarining yoʻqolishi koronavirus infektsiyasi borligini uch karra aniqroq koʻrsatadi. Mana shu belgilar namoyon boʻlganida yetti kun davomida oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tartibiga qatʼiy amal qilish lozim.

Sal oldin Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich koronavirusning asosiy belgilari bu nafas olishning ogʻirlashishi va quruq yoʻtal, shuningdek, temperatura koʻtarilishi ekanligini aytgan edi.

Oʻtgan yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan COVID-19 pandemiyasi hozirda 200 ga yaqin davlatlarni qamrab oldi. BSST taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, butun dunyo boʻyicha ushbu virusni 750 mingdan ziyod kishi yuqtirgan, 36 mingdan ziyod inson vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0