Toshkentda uzoq mahallalar uchun yarmarkalar tashkil qilindi

© Xokimiyat g. TashkentaYarmarki dlya otdalennix maxalley
Yarmarki dlya otdalennix maxalley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi tuman hokimliklari dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan 32 ta mahallalarda ko‘chma yarmarkalar tashkil qildi.

TOShKENT, 1 apr - Sputnik.  Karantin vaqtida Toshkentdagi dehqon bozorlaridan uzoqda joylashagan mahallalar uchun ko‘chma yarmarkalar tashkil etilmoqda, deb xabar qilmoqda shahar hokimligi.

Mazkur tadbir Mirobod tumanida 28-mart kunidan boshlangan bo‘lib, har kuni 3 tadan mahallaga 350-400 kg kartoshka, 100 kg atrofida guruch, 5-6 karobka pista yog‘i, 360-400 dona tuxum hamda 150-200 kg piyoz mahsulotlari yetkazib berilmoqda, - deyilgan xabarda. 

Mirobod tumanida jami 39 ta mahalla bo‘lib, shundan 32 tasi dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan. Tadbir davomida mazkur mahallalarga ro‘zg‘or uchun zarur mahsulotlar yetkazib beriladi. 

Ushbu choralara aholiga uyidan uzoqqa bormay, o‘zi va yaqinlarining xavfsizligini ta’minlagan holda, zarur xaridni amalga oshirish imkonini beradi, - deyilgan xabarda.

Quyidagi suratlarda Mirobod tumanining “Movaraunnahr”, “Yuksalish” va “Sariko‘l” mahallalaridagi yarmarkalarga oziq-ovqat yetkazib berish jarayoni aks etgan. 

© Xokimiyat g. TashkentaYarmarki dlya otdalennix maxalley
Yarmarki dlya otdalennix maxalley - Sputnik O‘zbekiston
1/3
Yarmarki dlya otdalennix maxalley
© Xokimiyat g. TashkentaYarmarki dlya otdalennix maxalley
Yarmarki dlya otdalennix maxalley - Sputnik O‘zbekiston
2/3
Yarmarki dlya otdalennix maxalley
© Xokimiyat g. TashkentaYarmarki dlya otdalennix maxalley
Yarmarki dlya otdalennix maxalley - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Yarmarki dlya otdalennix maxalley
1/3
Yarmarki dlya otdalennix maxalley
2/3
Yarmarki dlya otdalennix maxalley
3/3
Yarmarki dlya otdalennix maxalley

 

 

Yangiliklar lentasi
0