Turkmanistonda koronavirus yo‘q: milliy bayram bekor qilinmadi

© Sputnik / Ramil SitdikovKon axaltekinskoy porodi
Kon axaltekinskoy porodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro Axalteke oti naslchiligi uyushmasi Turkmaniston prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan, 2020-yilda uyushma 10 yoshni nishonlaydi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov aprel oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadigan turkman oti milliy bayramini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi, deb xabar qildi "Neytralniy Turkmenistan" gazetasi.

Skulptura narodnogo geroya Turkmenistana u monumenta Nezavisimosti Turkmenistana v Ashxabade - Sputnik O‘zbekiston
Turkmanistonda "koronavirus" so‘zini aytish ta’qiqlandi

Turkmaniston rahbari agrosanoat majmuasini boshqaruvchi bosh vazir o‘rinbosari Esenmirod Orazgeldiyev va qishloq ho‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Magtimguli Bayramdurdiyev ishtirokidagi qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda shunday ko‘rsatma berdi.

Uchrashuvda ta’kidlandiki, bu yilgi bayramning o‘ziga xos xususiyati Xalqaro Axalteke oti naslchiligi uyushmasi tashkil topganligiga 10-yil bo‘ladi.

"Shu munosabat bilan davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov bo‘lajak bayram tadbirlarini yuqori saviyada, Turkmaniston to‘ylariga xos bo‘lgan ruhda tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi", - deb ta’kidlaydi gazeta.

So‘nggi yillarda turkman samarining milliy bayrami mamlakatning asosiy bayrami - Mustaqillik kunidan (27 sentabrda nishonlanadigan) bayram tantanalari o‘tkazilishi ko‘lami bo‘yicha hech qolishmaydi. Shu bilan birga, ot festivali an’anaviy ravishda ko‘plab xorijiy mehmonlar ishtirokida o‘tkaziladi.

Xususan, har yili Turkmaniston otlari kuni arafasida bo‘lib o‘tadigan Axalteke xalqaro ot naslchiligi uyushmasining yig‘ilishi an’anaviy ravishda uyushmaning xorijiy a’zolari ishtirokida o‘tkaziladi.

Axalteke xalqaro ot naslchiligi xalqaro uyushmasi Turkmaniston Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib,  u tomonidan rahbarlik ham qilinadi va uning majlislari davlat rahbari tomonidan boshqariladi.

Koronavirus tufayli tantanalarni o‘tkazishda biron cheklovlar bo‘ladimi yoki yo‘q hozircha noma’lum. Avvalroq Turkmaniston o‘tgan yillarga qaraganda kamtarroq bo‘lsa ham, Navro‘zni nishonladi.

COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan Ashxabod xalqaro transport aloqalarida cheklovlarni joriy etdi. Shuningdek, Turkmanistonning o‘rta maktablarida maktab ta’tillari 1-apreldan 6-aprelgacha uzaytirildi. Turkmaniston hukumati rasmiylariga ko‘ra, mamlakatda yangi turdagi koronavirus holatlari qayd etilmagan.

Yangiliklar lentasi
0