“Kechirasiz, birinchi marta”: Italiyada rossiyalik shifokorlarga surpriz tayyorlandi

© AFP 2023 / Franco Rivolli Art / Piero CruciattiGraffiti xudojnika Franco Rivolli Art na stene gospitalya Papa Giovanni XXIII v Bergamo
Graffiti xudojnika Franco Rivolli Art na stene gospitalya Papa Giovanni XXIII v Bergamo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiyalik oshpazlar koronavirusga qarshi kurashishga yordamga kelgan rossiyalik shifokorlar uchun surpriz tayyorladilar.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Italiyalik oshpazlar koronavirusga qarshi kurashish uchun yordamga kelgan rossiyalik shifokorlarni karam sho‘rva - borsh bilan mehmon qilishdi. Bu haqda virusolog Aleksandr Semenov feysbukdagi sahifasida post yozdi. RIA Novosti xabariga asosan. 

“Bugun barcha yigitlar uchun kichik bayram va ajoyib surpriz. Lavlagi, karam, kartoshka solingan go‘shtli bulon juda mazali. Uy taomini juda sog‘indik”, - deb yozdi u.

Shifokor ta’kidlanishicha, italiyaliklar bu surpriz bilan rossiyalik harbiy shifokorlar uchun “kichkina bayram” qilib berishdi.

O‘tgan haftada Rossiyalik harbiy mutaxassislar koronavirusga qarshi kurash yo‘lida yordam berish maqsadida Bergamoga kelishdi.

Rossiya Italiyaga koronavirusga qarshi kurashda bevosita yordam berish maqsadida tibbiy buyumlar ortilgan samolyotlarni jo‘natdi. Rossiya Italiyaga harbiy virusologlar va tibbiyot mutaxassislaridan iborat 8 ta ko‘chma guruhni, diagnostika uskunalarini, transportni aerozolli dezinfeksiyalash avtomobil tizimlari va boshqa tibbiy jihozlar yetkazib berildi.

Yangiliklar lentasi
0