Qaysi davlatlardan qaytgan o‘zbekistonliklarda COVID-19 aniqlangan

© PixabayPassajiri v aeroportu
Passajiri v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2 aprel holatiga ko‘ra COVID-19 koronavirusiga oid O‘zbekistondagi epidemik vaziyat to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etilgan.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi joriy yilning 2-aprel holatiga ko‘ra koronavirusga oid O‘zbekistondagi epidemik vaziyat to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Unda keltirilishicha, ayni damda mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 190 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 72 nafari xorijdan kelganlar. Infeksiya Rossiyadan qaytgan 26, Turkiyadan qaytgan 37, Angliyadan qaytgan 3, Qirg‘izistondan qaytgan 2 kishida aniqlangan. Bir kishidan Fransiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Shveysariyadan qaytganlarda aniqlangan. Qolgan 118 nafari esa mamlakat ichida muloqot yo‘li bilan yuqtirib olishgan.

© Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘zbekistondagi epidemik vaziyat to‘g‘risida batafsil ma’lumot
Qaysi davlatlardan qaytgan o‘zbekistonliklarda COVID-19 aniqlangan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi epidemik vaziyat to‘g‘risida batafsil ma’lumot

Shuningdek, koronavirus bilan kasallanganlar viloyatlar kesimidagi soni, qaysi xorijiy davlatlardan yuqtirib kelishgani, jinsi, yoshi, tuzalganlar, vafot etganlar, karantinda saqlanayotganlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 203 davlatida jami 935 mingdan ziyod nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 194 mingdan ziyodi kasallikdan davolangan. 47 mingdan ziyod inson esa virus qurboniga aylangan.

O‘zbekistonda ushbu kasallikdan davolanganlar soni 12 kishini tashkil etmoqda. SSV xabariga ko‘ra, tez orada yana o‘n nafar bemorga javob beriladi.

Yangiliklar lentasi
0