Jamiyat

Oʻzbekistonda OTMga kirish imtihonlari yanada soddalashtiriladi

© X. Paydoyev / Narodnoye slovoStudentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik Oʻzbekiston
Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMlarga oʻqishga kirish sinovlarini birlashtirish rejalashtiriloqda.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik.  Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yanada soddalashtiriladi. Prezidentning tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Qaror bilan 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMlarga oʻqishga kirish sinovlarini birlashtirish rejalashtiriloqda.

Majburiy fanlar va maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan boʻyicha yagona test aprel – may oylarida oʻtkazish taklif etilmoqda.

Studentы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Stipendiya, kontrakt, yozgi taʼtil: vazir oʻrinbosari dolzarb savollarga javob qaytardi

Maktab bitiruvchilari majburiy uchta fan va oʻzi tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fandan test sinovlarini topshiradi.

Test sinovlarida ishtirok etmagan yoki unda qoniqarsiz baholanganlarga belgilangan tartibda, barcha abituriyentlar qatori iyul-avgust oylarida test sinovlarida qatnashish huquqi beriladi. Natijalar oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Test sinovlari natijalari maktab bitiruvchilari umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin oʻtkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasida hamda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tanlovida inobatga olinadi.

XTV test sinovi fanlari boʻyicha natijasini umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi attestatga qoʻyish va yagona maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun minimal koʻrsatkichni (qoniqarlilik darajasini) belgilaydi.

Qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali toʻliq tanishish va taklif bildirish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala