Jamiyat

Oʻzbekistonda yana 13 kishi koronavirusdan butunlay sogʻaydi

© Minzdrav UzbekistanaVыzdoroveli yeщe chetvero zabolevshix koronavirusom
Vыzdoroveli yeщe chetvero zabolevshix koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasidan forigʻ boʻlganlar soni 25 nafarga yetdi. Ularning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sogʻayib chiqishdi.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorning yana 13 nafari butunlay tuzaldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Passajirы v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qaysi davlatlardan qaytgan oʻzbekistonliklarda COVID-19 aniqlangan

Ularning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 1 nafari esa Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonadan sogʻayib chiqishdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sogʻayganlarni sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa masʼullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatdi.

Koronavirus infektsiyasidan tuzalgan fuqarolarning 1 nafari 13 mart kuni Istanbul—Toshkent yoʻnalishidagi reysda, yana 1 nafari esa 18 mart kuni Moskva—Toshkent yoʻnalishidagi reys bilan Oʻzbekistonga kelgan. Qolgan 11 nafar kishi esa koronivirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqotda boʻlgan.

Shu tariqa Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 25 nafarga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala