Jamiyat

Afgʻonistonda avariya: Oʻzbekiston energiyasini yetkazib berishda uzilish boʻldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishElektricheskaya podstantsiya
Elektricheskaya podstantsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Kecha, 2 aprel kuni tungi soat 22:15 da Afgʻoniston energotizimi isteʼmoli 450 mVtdan “nol” qiymatgacha kamaydi.

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. 2 aprel kuni tungi soat 22:15 da Afgʻoniston energotizimi isteʼmoli 450 mVtdan “nol” qiymatgacha kamaydi, deb xabar qildi "Oʻzbekiston MET" AJ axborot xizmati.

Linii elektroperedachi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tojikiston qoʻshni davlatlarga elektr energiya yetkazish hajmini pasaytirdi

Oʻzbekiston hududida joylashgan va Afgʻonistonga elektr energiyasini uzatib beruvchi 220 kVli havo tarmoqlarida avariya holati yuz bermagan. Soat 22:30da eksport amaliyotining maʼlum qismi tiklanib, 50 MVtni tashkil etdi va hozirgi paytda havo tarmoqlari ushbu yuklama bilan ishlamoqda.

“Da Afghanistan Breshna Sherkat”dan olingan tezkor maʼlumotlarga koʻra, Afgʻoniston hududidagi havo tarmogʻi tayanch ustunlari shikastlangan va ayni paytda afgʻonistonlik energetiklar tomonidan nosozliklarni barataraf etish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala