Dunyoda

Qozogʻistonda ishini yoʻqotgan fuqarolarga yordam puli beriladi

© Sputnik / Pavel Mixeyev / Fotobankka oʻtishTenge - natsionalnaya valyuta Kazaxstana
Tenge - natsionalnaya valyuta Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev ishini yoʻqotgan aholiga har oyda yordam puli berilishi yuzasidan topshiriq berdi.

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Qozogʻistonda ishini yoʻqotgan aholiga bir minimal oylik miqdorida 42 500 tanga (100 dollarga yaqin) yordam puli beriladi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.

Voyennoslujaщiye Uzbekistana, kotorыe obespechivayut  bezopasnost grajdan na granitse s Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston chegarasida qolib ketgan oʻzbek migrantlari harbiylar kuzatuvida olib kelindi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev koronavirus epidemiyasi sababli mamlakatda favqulodda vaziyat joriy etilgani tufayli oʻz ishini yoʻqotgan aholiga yordam puli bilan taʼminlash yuzasidan topshiriq berdi.

Favqulodda vaziyat davrida aholi har oyda yordam puli olishni boshlaydi. Bu koʻmak 3 milliondan ziyod fuqaroga berilishi mumkin.

Vaqtincha ishsiz qolgan va daromad yoʻqotgan kishilar egov.kz portaliga ariza berishi mumkin.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda COVID-2019’ga chalingan soni 448 taga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala