Rossiyada koronavirusni aniqlash yangi testi tizimi ro‘yxatga olindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishProbirka s testom na koronavirus v rukax u sotrudnisi v meditsinskoy laboratorii
Probirka s testom na koronavirus v rukax u sotrudnisi v meditsinskoy laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi test tizimi polimeraz zanjirli reaksiya (PSR) uslubiga asoslangan bo‘lib, virus soni juda kam bo‘lganda ham uni aniqlash imkonini beradi. 

TOShKENT, 3-apr – Sputnik. Rossiyada COVID-19 infeksiyasini aniqlash uchun yangi test tizimi ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar beradi Sputnik radiosi.

"DNK-Texnologiya" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan test tizimi polimeraz zanjirli reaksiya (PSR) uslubiga asoslangan bo‘lib, virus soni juda kam bo‘lganda ham uni aniqlash imkonini beradi. 

"To‘plam BSST va RF Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga javob beradi bir probirkada virusning 10ta nusxasigacha aniqlash imkonini beradi",- deyiladi kompaniya bayonotida.

3 apreldan boshlab kuniga 200-400tagacha to‘plamlar ishlab chiqarila boshlaydi, keyinchalik kompaniya kuniga mingtagacha ishlab chiqaradi. Bu o‘z navbatida 100 mingta tekshiruvni o‘tkazishga imkon beradi degani.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiyada kasallanganlar soni 76 ta mintaqada 3548 kishini tashkil qilmoqda, jami 30 kishi vafot etgan. O‘zbekistonda bugungi kunda kasallanganlar soni 221 kishini tashkil etdi. 2 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0