TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Milliarder Alisher Usmanov qaysi davlatda boʻlishidan qatʼiy nazar koronavirusga qarshi vaktsina topilsa, Oʻzbekiston xalqi uchun olib kelishga vaʼda berdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha oʻtkazilgan yigʻilish davomida aytib oʻtdi.
Mirziyoyev Alisher Usmonovga koronavirus bilan bogʻliq qiyin sharoitda Oʻzbekistonga 20 million dollar mablagʻ ajratgani uchun minnatdorlik bildirdi.
"...Oʻzbekiston farzandi Alisher Burhanovichga alohida rahmat, demoqchiman. Yigirma million dollar pul oʻtkazib beryaptilar. Yangi Oʻzbekistonga birinchi kundan boshlab juda katta koʻmak berib kelyaptilar, yelkadosh, madadkor boʻlyaptilar", - deb qayd etdi Oʻzbekiston rahbari.
"Qaysi davlatda (koronavirusga qarshi) dori topilsa, oʻzim pulini toʻlab, olib kelib beraman, deb aytyaptilar", deb qoʻshimcha qildi Mirziyoyev
Eslatib oʻtamiz, taniqli biznesmen va metsenat Alisher Usmonov yaqinda Oʻzbekiston prezidenti harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan holda mamlakatga 20 million dollar mablagʻ ajratishini bildirdi. Pullar Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi "Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondi hisob raqamiga oʻtkazilgan.
Bir necha kun oldin Alisher Usmonov Toshkentda oʻzini oʻzi samoizolyatsiya qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biznesmen insoniyat salomatligi uchun barcha davlatlar rahbarlari global xavfsizlik oldida birlashishlari kerakligini taʼkidlagan.