TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Xalqaro valyuta fondi jahon iqtisodiyoti toʻxtagani haqida bayonot qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Jahon iqtisodiyoti deyarli toʻxtadi, holat 2008-2009 yillardagi inqiroz vaqtidagidan ham ancha yomonroq", - deb aytdi Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi-direktori Kristalina Georgiyeva.
"XVF tarixida jahon iqtisodiyoti toʻxtab qolganini hech qachon koʻrmaganmiz. Biz retsessiyadamiz, u global iqtisodiy inqirozdan ham koʻra ancha yomon", - deb aytgan Georgiyeva matbuot-anjumanida.
Georgiyevaning soʻzlariga koʻra, koronavirus oqibatlaridan eng koʻp rivojlanayotgan davlatlar jabr chekmoqda, sababi ularda "ikkilamchi inqiroz - sogʻliqni saqlash va iqtisodiy inqirozlardan himoyalanish uchun resurslari yetarli emas".
"Fondimizning 75 yillik tarixi davomida hech qachon bunchalar koʻp davlat shoshilinch moliyalashtirilishga ehtiyoj sezmagan - bizga bir vaqtning oʻzida 85ta davlat murojaat qildi", - deb aytgan Georgiyeva.
Ushbu munosabat bilan XVF oʻzining 1 trln $ hajmidagi zaxirasini ishga solishga va shoshilinch moliyalashtirish hajmini 50 mlrd $dan 100 mlrd $ga oshirishga tayyorligini bildirgan.