TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Massachusets texnologiya instituti (AQSH) olimlari koronavirus aksirganda qancha masofagacha tarqalishi mumkinligi haqida maʼlumot berdilar, deb xabar berali "Izvestiya" nashri.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, aksa urganda suyuqlik tomchilari kichki bulutchalar shaklida toʻplanar ekan, shu bois, viruslar ularda bir necha soniyadan tortib, bir necha daqiqagacha saqlanib qolarkan. "Traqalish radiusi" esa 7-8 metrni tashkil etarkan.
Inson aksirganda, ikki turdagi tomchilar havoga tushadi. Ularning birinchi turi ancha yashovchan boʻladi va katta masofalarga tarqala oladi, ammo aynan ular oʻzining ogʻirligi tufayli biror sathda tezroq joylashadi.
Kichikroq tomchilarning xavfliligi shundaki, ular havoda ancha muddat saqlanib qoladi.