Siyosat

Mirziyoyev va Rahmon koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon proveli vstrechu
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon proveli vstrechu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ikki prezident muloqot davomida koronavirus infektsiyasi tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va mintaqada pandemiya oqibatlariga qarshi samarali kurashish maqsadida oʻzaro hamkorlik va yaqindan muvofiqlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratganlar

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Toshkentdagi Ekspomarkazda homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi oʻz ish faoliyatini boshladi. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Beminnat yordam: Toshkentdagi xayriya yordam markazi qanday ishlamoqda

Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda sheriklikni, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, madaniyat va taʼlim sohalarida kengaytirishning istiqbolli yoʻnalishlarini koʻrib chiqdilar, deyiladi xabarda.

Erishilgan kelishuvlar, shu jumladan mamlakatlarimiz poytaxtlari oʻrtasida qabul qilingan “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida oʻzaro manfaatli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish boʻyicha qoʻshma fond tashkil etishni jadallashtirish muhimligi qayd etilgan.

Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va mintaqada pandemiya oqibatlariga qarshi samarali kurashish maqsadida oʻzaro hamkorlik va yaqindan muvofiqlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Tomonlar mamlakatlarimizda koʻrilayotgan birinchi navbatdagi preventiv choralar va epidemiologik vaziyatni nazorat qilish tadbirlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlaganlar.

Koronavirusga qarshi kurashishda faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani taʼkidlangan.

Davlat rahbarlari, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikka oid va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0