Senat raisi koronavirusga test topshirdi - javobi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan izbrana Tanzila Narbayeva
Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan izbrana Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Eslatib oʻtamiz, shu paytga qadar Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar soni 14 taga oshib, 241 nafarni tashkil etmoqda.

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Oʻzbekiston Senat raisi Tanzila Norboyeva koronavirusga test topshirdi, deb xabar qilmoqda Koronavirus Info telegram kanali.

Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon proveli vstrechu - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Rahmon koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qilishdi

"Tanzila Norboyevadan tashqari senatorlar, shuningdek, Senat devoni xodimlari ham test topshirgan. Senatda koronavirus aniqlanmadi", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, shu paytga qadar Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar soni 14 taga oshib, 241 nafarni tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonda COVID-19 bilan bemorlanganlik boʻyicha ilk holat 14 mart kuni Frantsiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sogʻaydi, ikkitasi vafot etdi.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasi -  COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. 3 aprel soat 09.30 holatiga dunyoning 204 davlatida jami 1 015 877 nafar bemorlarda koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Ulardan 212 992 nafari sogʻaygan, 53 217 nafari vafot etgan, 37 654 nafar bemorlar ogʻir ahvolda qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0