Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 263taga yetdi

© AP PhotoIzobrajeniye novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV
Izobrajeniye novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayni vaqtgacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan holatlar soni 263 nafarni tashkil etmoqda.

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 263taga yetdi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan izbrana Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Senat raisi koronavirusga test topshirdi - javobi

Sal oldin Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Atabekov koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari ogʻir ahvolda, ekanligini maʼlum qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda COVID-19 bilan bemorlanganlik boʻyicha ilk holat 14 mart kuni Frantsiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sogʻaydi, ikkitasi vafot etdi.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasi -  COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. 3 aprel soat 09.30 holatiga dunyoning 204 davlatida jami 1 015 877 nafar bemorlarda koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Ulardan 212 992 nafari sogʻaygan, 53 217 nafari vafot etgan, 37 654 nafar bemorlar ogʻir ahvolda qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0