O‘zbekistonda o‘zini yakkalash hayot tarzi majburiy joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV poslednie 2-3 dnya nizkiy trafik blagodarya chemu pochti net probok
V poslednie 2-3 dnya nizkiy trafik blagodarya chemu pochti net probok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu qator cheklovlarni nazarda tutadi. Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Joriy yilning 6-aprelidan COVID-19 tufayli o‘zini yakkalash hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi.

Respublika komissiyasi qaroriga muvofiq, bu quyidagilarni nazarda tutadi:

  • shaxsning o‘zining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur bo‘lgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun va shifokor ko‘rigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qat’iyan cheklanadi, ish joyiga borishi va kelishi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno;
  • harakatlanishda hamda savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi;
  • 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan va surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar o‘z uylaridan o‘ta zaruratsiz tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi.

Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0