Britaniya razvedkasi COVID-19 paydo bo‘lishiga doir yangi taxminlarni ko‘rib chiqmoqda

© AFP 2023 / StringerJitel Uxanya v meditsinskoy maske i s sobakoy v odnom iz parkov goroda
Jitel Uxanya v meditsinskoy maske i s sobakoy v odnom iz parkov goroda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtgacha qator davlatlar koronavirusning yangi shtammi sun’iy yo‘l orqali yaratilgani haqida versiyani ko‘rib chiqishgan edi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Britaniya razvedkasi koronavirus yangi shtammi Uxandagi laboratoriyadan biomateral chiqib ketishi oqibatida paydo bo‘lgan deb hisoblamoqda. 

Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

Daily Mail yozishicha, maxsus xizmatlar, odam yangi koronavirusni hayvondan yuqtirib olganini ham istisno qilmayapti.

“Virus tabiatiga asoslangan ishonchli alternativa mavjud. Uxanda bunday laboratoriyaning mavjudligi tasodifiy emas. Bu versiya hisobdan chiqarilmayapti,” – deb ta’kidladi manba.

2019 yil Uxanda koronavirus tarqalgandan so‘ng, OAVlarda koronavirus paydo bo‘lishi haqida bir nechta maqolalar e’lon qilindi.

Asosiy versiyalardan biri - koronavirus Xitoy fanlar akademiyasi qoshidagi Uxan virusologiya laboratoriyada sun’iy yo‘l orqali yaratilgan degan teoriya mavjud. Guyoki institutda ko‘rshapalaklarning immun mexanizmi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilgan. Ko‘rshapalaklar virus bilan kasallanmasdan, uni uzoq vaqt davomida tashuvchisi bo‘lishi mumkin ekan.

Uxan virusologiya instituti bunday taxminlarni yolg‘on deb, o‘z xodimlarining vijdoni toza ekanligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0