Ekspress-testlar O‘zbekistonda bir kunda 76 ta COVID-19 holatini aniqlashga imkon berdi

© Sputnik / Pavel Kononov / Mediabankka o‘tishSotrudnik laboratorii vipolnyayet analizi na koronavirus
Sotrudnik laboratorii vipolnyayet analizi na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘tgan kunlar davomida karantindagi shaxslar orasida COVID-19 bo‘yicha 4737 ta test o‘tkazilgan.

TOShKENT, 6 apr - Sputnik. So‘nggi bir kun ichida O‘zbekistonda yangi COVID-19 koronavirusi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlandi. Bunday yuqori sur’at karantindagi odamlarni tezkor ravishda testdan o‘tkazish bilan bog‘liq. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma’lum qildi.

“Kecha 76 holat tezlashtirilgan test yordamida aniqlandi”, - dedi Shodmonov.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida karantindagi shaxslar orasida COVID-19ga 4737 ta test o‘tkazilgan.

Test-sistemi dlya diagnostiki novogo koronavirusa  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston koronavirusni aniqlaydigan o‘zining test tizimini ishlab chiqdi

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 31 nafar bemorda pnevmoniya kuzatilmoqda, ulardan to‘qqiztasining ahvoli nisbatan og‘ir, ikkitasining ahvoli og‘ir.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlarning jinsi nisbati deyarli teng - 188 erkak va 202 ayol, ammo yoshiga qarab ularning soni ancha farqlanadi. O‘rta yoshli odamlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. 20 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan bemorlar 87,4 foizni tashkil etadi, bolalar va qariyalar nisbati juda past.

“Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari, xalqaro tajriba va belgilangan meyorlarga muvofiq davolanmoqdalar”, - deya qo‘shimcha qildi Shodmonov.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 390 kishiga yetdi. 30 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0