TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi ishlatiladigan dorilardan foydalanish samara bermoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov maʼlum qildi.
Brifing davomida undan koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparat sinab koʻrilgani va samarasi ijobiy natija bergani haqidagi xabar qanchalik haqiqatga toʻgʻri kelishi soʻraldi.
“Ha, bu rost va toʻgʻri maʼlumot. Koronavirusni davolashda bezgakka qarshi ishlatiladigan dorilardan foydalanish samara bermoqda. Oʻzbekiston hududida ham aynan mana shu davolash tartibi qoʻllanilmoqda”, - dedi Otabekov AOKAdagi brifingda.
Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda bemorlarni davolash jarayonida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga, ijobiy natijalar bergan davolash usullariga, har bir sohaning tajribali mutaxassislari fikriga tayanib ish tutiladi.
Rossiyada koronavirusni davolovchi preparat taqdim etildi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus tasdiqlangan holatlar 390 taga yetgan. 30 kishi esa ushbu kasallikdan butunlay sogʻayib ketgan.