BMT karantinda uydagi zo‘ravonlikka e’tibor berishga chaqirdi

Obuna bo‘lish
Antonio Guterish birinchi navbatda zo‘ravon turmush o‘rtoqlari bilan uyida qamalib qolgan ayollarga yordam berishga chaqirdi. 

TOShKENT, 7 apr - Sputnik. BMT bosh kotibi davlatlar hukumatlariga uylarda yuz berayotgan zo‘ravonlik holatlariga e’tibor berishga chaqirdi. Antonio Guterrish  aytishiga qaraganda COVID-19ga chalinganlar soni ortishi bilan bir vaqtda uylarda yuz berayotgan zo‘ravonlik holatlari ham oshmoqda.

BMT xabariga ko‘ra, Yer yuzidagi har uchinchi ayol jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka uchramoqda. Bu inson huquqlarining eng ko‘p sodir bo‘ladigan lekin eng ko‘zga ko‘rinmas buzilishlariga olib kelmoqda. Joriy etilgan karantin va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartiblari vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.

Ushbu munosabat bilan Guterish birinchi navbatda zo‘ravon turmush o‘rtoqlari bilan uyida qamalib qolgan ayollarga yordam berishga chaqirdi. 

"So‘nggi haftalar davomida iqtisodiy va ijtimoiy bosim kuchayishi bilan biz oilalarda yuz berayotgan zo‘ravonlikning keskin oshishining guvohi bo‘lmoqdamiz.Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1-aprel holatiga oilalarda yuz berayotgan zo‘ravonliklar soni Fransiyada 30%ga, Buyuk Britaniyada 20 %ga, Avstraliyada 75%ga va Xitoyda - uch baravar oshgan- ", - dedi BMT bosh kotibi.

Fransiya, Italiya va Ispaniyada uy zo‘ravonligidan aziyat chekkanlarga yordam berishning maxsus tizimi joriy etilgan. Ushbu mamlakatlarda uy zo‘ravonligiga duch kelgan ayollar aptekaga kirib yordam so‘rashlari mumkin. Ochiqchasiga yordam so‘rashiga biror narsa xalal bersa, ular "Maska 19" degan kodli so‘zdan foydalanishlari kerak. Ayollar shuningdek ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yordam so‘rashlari mumkin.

Fransiya hukumati jabrlangan ayollarningmehmonxonalarda tunab qolishiga pul ajratishini hamda supermarketlarda maslahat markazlari ochishini xabar qildi. Buyuk Britaniyada esa, pochta va kuryerlik xizmatlari xodimlariga kishilar uyulariga tashrif buyurganda zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollarga va qizlarga hamda zo‘ravon erkaklarga e’tibor berish tavsiya qilingan. 

O‘zbekiston Inson huquqlari milliy markazi xabariga asosan. 

Yangiliklar lentasi
0