Banklar soliq organlarini mijozlar hisobi haqida xabardor qilib turadi

© Jeshu JohnBloknot dlya zametok
Bloknot dlya zametok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
DSQ banklarning jismoniy shaxslarning bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 mln so‘mdan va tranzaksiyalar soni 10 tadan oshgan P2P operatsiyalari to‘g‘risida xabardor qilishini taklif qilmoqda.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizom jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qonun loyihasida keltirilishicha, MB tomonidan DSQga mijozlarning hisobvaraqlari va ularning rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotlar har kuni keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda taqdim etiladi.

Tijorat banklari tomonidan soliq organlariga quyidagilar:

  • yuridik shaxslar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlari bo‘yicha o‘tkazilgan pul mablag‘lari aylanmalari to‘g‘risidagi axborotlarni DSQ so‘roviga ko‘ra uch ish kunida;
  • yuridik shaxslar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlaridagi qoldiq mablag‘lari to‘g‘risidagi axborotlarni DSQ so‘roviga ko‘ra uch ish kunida;
  • bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 mln so‘mdan (shu jumladan, chet el valyutasi milliy valyuta ekvilentida bo‘lgan taqdirda) va tranzaksiyalar soni 10 tadan oshgan P2P operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni DSQ so‘roviga ko‘ra uch ish kunida milliy hamda chet el valyutasida;

O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochgan rezident-yuridik shaxslarning hisobvaraqlari hamda ularning rekvizitlari, ulardagi qoldiq mablag‘lari va o‘tkazilgan pul mablag‘lari aylanmalari to‘g‘risidagi axborotlarni har chorak yakuni bilan, keyingi oyning 25-sanasiga qadar taqdim etiladi.

DSQ ushbu ma’lumotlar asosida Business Intellegence asosida avtomatlashtirilgan dastur tizimi orqali soliq to‘lamaslik xavfi darajasiga ko‘ra soliq to‘lovchilarni segmentlaydi. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan DSQning tegishli tuzilmalariga soliq nazoratini amalga oshirish uchun Business Intellegence ma’lumotlarini beradi.

Qonun loyihasi 21-aprelga qadar muhokamada bo‘ladi. Unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0