Migratsiya

Xorijda 23 nafar Oʻzbekiston fuqarosi COVID-19 yuqtirib olgan: ular qaysi davlatlarda

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Fotobankka oʻtishMigrantы v Moskve
Migrantы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Xususan, Pokistonda 5, Rossiyada 1, Amerikada 10 nafar Oʻzbekiston fuqarosi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov chet el davlatlarida 23 nafar Oʻzbekiston fuqarosi COVID-19 yuqtirib olganini maʼlum qildi.

Lecheniye patsiyentov v tsentralnoy bolnitse goroda Uxan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqarosi chet elda koronavirusga chalinsa kim davolaydi?

“Baʼzi davlatlarda koronavirus tarqalishi keng koʻlamli tus olgan. Afsuski, xorijdagi fuqarolarimiz orasida ham ushbu kasallikka chalinish holatlari yuz bermoqda. Bizda mavjud maʼlumotlarga koʻra, Avstriya (1), Armaniston (1), AQSH (10), BAA (1), Koreya Respublikasi (1), Pokiston (5), Rossiya (1), Tailand (1),  Qozogʻistonda (2) boʻlib turgan 23 nafar fuqarolarimizda ushbu kasallik aniqlangan, ulardan 3 nafari vafot etgan”, - dedi u AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda.

Uning maʼlum qilishicha, diplomatik vakolatxonalar ushbu fuqarolar va ularning yaqinlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatmoqda.

Xadjimetov xorijdagi barcha mamlakat fuqarolaridan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha mahalliy hokimiyat talablariga toʻliq rioya etish, jamoaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini koʻrishni qatʼiy soʻragan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala