Jamiyat

Mudofaa vazirligi Toshkent koʻchalarida nega harbiy texnikalar paydo boʻlganini tushuntirdi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaV Ministerstve oboronы obʼyasnili poyavleniye voyennoy texniki na ulitsax Tashkenta.
V Ministerstve oboronы obʼyasnili poyavleniye voyennoy texniki na ulitsax Tashkenta.  - Sputnik Oʻzbekiston
Mudofaa vazirligi matbuot kotibi karantin davrida harbiy texnikalarning jalb qilinishidan koʻzlangan maqsad nima ekanini aytdi.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov Toshkent koʻchalarida nega harbiy texnikalar paydo boʻlganini tushuntirdi.

Uning AOKAdagi brifingda maʼlum qilishicha, har kuni poytaxt koʻchalarida, viloyat va tuman markazlarida, aholi yashash punktlarida fuqarolarni karantin qoidalariga rioya qilishlari, besabab koʻchalarga chiqmasliklari boʻyicha harbiy texnikalar yordamida targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Targʻibot ishlariga jalb qilingan BRDM-2 zirhli texnika bazasidagi ZS-82 ovoz uzatkichli moslama aynan targʻibot va munozaralar oʻtkazishga moʻljallangan.

Uning ovoz uzatish quvvati 6 km masofagacha yetadi. Shahar va aholi yashash punktlarida har bir koʻchaga kirib-chiqish kabi ishlarni yengillashtirish maqsadida ushbu texnikalar jalb qilinmoqda.

“Aholi oʻrtasida vahima va sarosima gaplar tarqalishiga aslo yoʻl qoʻymaslik lozim. Shunday ekan, koʻchalarda milliy armiyaning harbiy texikalari va harbiy xizmatchilarining harakatlanishini turli xil muhokamalarga va vahimalarga yoʻyish oʻrinsiz”, - dedi Bahrom Zulfiqorov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala