Hodisalar

Navoiyda butun bir oila karantindan qochib ketdi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaKarantin
Karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Navoiyning Nurota tumanida er-xotin 3 nafar farzandi bilan karantin hududidan oʻzboshimchalik bilan qochib ketgani aniqlandi.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Navoiyda er-xotin va uch farzandi karantindan qochib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Nadpis Karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Endi 10 yilgacha: karantin qoidasini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi

Maʼlum qilinishicha, SH.S. ismli ayol, turmush oʻrtogʻi B.B. va uch nafar farzandi bilan Toshkent shahridan qaytib kelganligi sababli Nurota tumani Sanitariya epidimiologiya-osoyishtalik markazi tomonidan karantinga olingan. Biroq 6 aprel kuni ular oʻzboshimchalik qilib karantin hududidan qochib ketishgan.

Qoidabuzarlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

IIV maʼlumotlariga koʻra, karantin tadbirlari eʼlon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bogʻliq jami 32 649 ta holat aniqlangan. Qoidabuzarlik boʻyicha Toshkent shahri (5 284 ta holat) Fargʻona viloyati (4 088) va Toshkent viloyati (3 910) yetakchi hudud boʻlib qolmoqda. Eng kam qoidabuzarlik Navoiy viloyatida (345) kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala