Dunyoda

Roskosmos Trampning Oy zaxiralarini oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi farmonini tajovuzkor deb topdi

© Foto : NASA Zvezdы s borta MKS
Zvezdы s borta MKS  - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, AQShning kosmik resurslarini qazib olish huquqlarini oʻzlashtirish boʻyicha agressiv rejalari xalqaro hamkorlikka putur yetkazadi.

TOSHKENT, 7 apr - Sputnik. AQShning kosmik resurslarini qazib olish huquqlarini oʻzlashtirish boʻyicha agressiv rejalari xalqaro hamkorlikka putur yetkazadi. Bu haqda Roskosmos bosh direktorining xalqaro hamkorlik boʻyicha oʻrinbosari Sergey Savelyev maʼlum qildi.

Poslednyaya za desyatiletiye golubaya Luna nad Moskvoy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Oyni oʻziniki qilib oldi: AQSH prezidenti yangi farmonga imzo chekdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 6 aprel kuni amerikaliklarning kosmik zaxiralarini qazib olish huquqini kafolatlaydigan farmonga imzo chekdi va boshqa mamlakatlar bilan olti oy davomida Oyda va boshqa kosmik jismlarda resurslardan foydalanish, aniqlash va qazib olish toʻgʻrisidagi shartnomalarni muhokama qilishga farmoyish berdi.

“Kosmosni ekpropriatsiya qilish va boshqa sayyoralarning hududlarini egallab olish uchun tajovuzkor rejalarni amalga oshirishga urinishlar mamlakatlarni samarali hamkorlikka chorlashi dargumon”, - deya Savelyevning soʻzlarini davlat korporatsiyasi matbuot xizmati RIA Novostiga maʼlum qilgan.

“Tarixda oʻz manfaatlarini koʻzlab hududlarni egallashni boshlashga qaror qilgan mamlakatlar va ular buning oqibatida nimaga duch kelgani haqida koʻp misollar bor”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala