Rossiyada “korona”ga immunitet testi tayyorlanmoqda

© Sputnik / Pavel Kononov / Mediabankka o‘tishSotrudnik laboratorii vipolnyayet analizi na koronavirus
Sotrudnik laboratorii vipolnyayet analizi na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Venchur Kompaniyasi (RVK) Biofond portfelining bir qismi bo‘lgan Genetico Genetika va Reproduktiv Tibbiyot Markazi odamlar qonida koronavirus oqsillariga antitelalarni aniqlash uchun testni ishlab chiqmoqda

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiya Venchur Kompaniyasi (RVK) Biofond portfelining bir qismi bo‘lgan Genetico Genetika va Reproduktiv Tibbiyot Markazi odamlar qonida koronavirus oqsillariga (COVID-19) antitelalarni aniqlash uchun testni ishlab chiqmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti kompaniya xabariga asosan.

Yaponskiy komik Pikotaro  - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyalik qiziqchi koronavirusga qarshi "bomba-klip" tayyorladi

Markaz V.V. Engelgardt nomidagi Molekulyar biologiya instituti (IMB RAN) bilan hamkorlik qilmoqda. "Ishlab chiqilayotgan test virusni o‘zini aniqlamaydi, aksincha antitela va unga qarshi immunitetni. Uning yordami bilan kasallanib bo‘lgan odamlarni, shu jumladan o‘chib ketgan yoki simptomsiz shakllarda aniqlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, u virusga hali duch kelmagan va unga immuniteti bo‘lmagan odamlarni aniqlashga yordam beradi", - deyiladi xabarda.

"Shuningdek ushbu tizimlar Gematologiya markazi mutaxassislariga tadqiqot olib borishda yordam beradi va agar ular muvaffaqiyatli bo‘lsa, koronavirus bilan kasallangan odamlar qatoridan donorlarni topishda yordam berishlari mumkin. Shuningdek, zardobidan ba’zi bemorlarni davolash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan antitelalari bo‘lgan donorlarni ham", - deyiladi relizda.

Yaqin kunlarda Genetico markazi birinchi sinov tizimini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni tayyorlash va topshirishni rejalashtirmoqda. Sinov tizimini sotuvga chiqarish uchun taxminiy vaqt - 6 hafta. Shuningdek, kompaniya laboratoriyalar uchun sinov tizimlarini va shaxsiy foydalanish uchun tezkor testlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Skvorsova koronavirusga qarshi Rossiya preparati haqida gapirdi

"Sinov tizimining asosiy tarkibiy qismi bu virusning antigenlari bo‘lib, ular bilan koronavirusning antitelalari o‘zaro ta’sir qiladi. Biz ushbu test tizimini Rossiyada ommabop qilish uchun keragicha antigen ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdamiz ... Antitelalarga sinov tizimi nima uchun muhim? Biz odamlarga va sog‘liqni saqlash tizimiga  ma’lum bir inson COVID-19 bilan kasallanganmi yoki yo‘q, shu haqida ma’lumot berishimiz mumkin bo‘ladi. Kimdir antitelalar yo‘q degan javobni oladi. Davolanib chiqqanlarda yanada faol iqtisodiy hayot kechirishiga imkoniyat tug‘ilib "soyadan chiqishi mumkin". Bu epidemiyaga qaramay kasbi tufayli ishlab kelayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa ishlaydiganlar uchun juda muhimdir"- deb sharhlayli Genetico markazi direktori Artur Isayev.

Yangiliklar lentasi
0