Dunyoda

Rossiyada koronavirusga qarshi dorilarning klinik sinovlari boshlandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishLekarstvo.
Lekarstvo. - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada koronavirus davolashda Mefloxin, Gidroksixloroxin va Kopidavir dorilarining qiyosiy klinik sinovlari boshlandi.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiyada koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarni davolash uchun Mefloxin, Gidroksixloroxin va Kopidavir dorilarining qiyosiy klinik sinovlari boshlandi. Bu haqda Federal biotibbiy agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Sotrudnik laboratorii vыpolnyayet analizы na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada “korona”ga immunitet testi tayyorlanmoqda

Sinovlar A. I. Burnazyan nomidagi Federal tibbiy biofizik markazida COVID-19 tashxisi qoʻyilgan bemorlarning yozma roziligi bilan oʻtkaziladi.

Bahorning boshida Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Xitoydan tarqalgan, COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan yangi koronavirusning tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. U bilan dunyo boʻylab 1,21 milliondan ortiq odam yuqtirildi, 67,6 ming kishi vafot etdi.

Rossiyada koronavirus 7497 kishida (81 subʼyektda) aniqlandi, shundan 494 nafari tuzalib, 58 nafari vafot etdi.

Oʻzbekistonda kasallanganlar 504 kishini tashkil etdi. Davolanganlar 30 kishi. 2 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala